Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dubay aeroportida politsiyachi robotlar paydo bo‘ladi

Dubay aeroportida politsiyachi robotlar paydo bo‘ladi

Foto: «Depo.ua»

Shubhali shaxslarni aniqlovchi va kuzatuvchi, ularning harakatlari haqida ma’lumot bera oluvchi robot tez orada Dubay aeroportida paydo bo‘ladi. Dubay bojxonasi ushbu robotni sinab ko‘rishga ham ulgurdi.

«Bu androiddir. U hali to‘liq ishlab chiqarilmadi, ammo aeroportlarda boshlang‘ich sinovlardan o‘tdi», — deya ma’lumot bergan Dubay bojxonasining innovatsiyalar markazi mutaxassisi Xolid Zaruniy.

Uning so‘zlariga ko‘ra android yuzni tanish, rentgenda skaner qilish va termal ko‘rish qobiliyatiga ega. U har qanday shubhali shaxs haqida ma’lumot to‘plash va maxsus markazga jo‘natish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

Xavf-xatar yo‘q payti esa robot yo‘lovchilar bilan oddiygina salom-alik qiladi, xolos.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring