Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng xavfli shaharlar ma’lum qilindi

Dunyodagi eng xavfli shaharlar ma’lum qilindi

Foto: RIA Novosti / Dmitriy Znamenskiy

Meksikalik nodavlat tashkiloti mutaxassislari Jamoat xavfsizligi va jinoiy adliya fuqarolik kengashi bo‘yicha 2017-yilda dunyodagi eng xavfli shaharlar reytingini tuzdi.

Birinchi o‘rinni Meksikadagi Los-Kabos shahri egalladi, undagi qotillik darajasi har yuz ming kishiga deyarli 111 holatga teng bo‘ldi. Reytingning ikkinchi pog‘onasidan Venesuela poytaxti Karakas joy oldi.

Jahondagi eng xavfli shaharlar uchligiga Meksikaning Akapulko shahri yakun yasab berdi. Hammasi bo‘lib reytingdan 50 shahar joy oldi, ularning aksariyati Lotin Amerikasida joylashgan. Eng ko‘p shaharlar Braziliya va Meksikadan — mos ravishda 17 va 12.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring