Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dunyoni beraylik bolajonlarga...»

«Dunyoni beraylik bolajonlarga...»

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni hamda muborak Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti kursantlari tomonidan Qibray tumani xalq ta’lim bo‘limiga qarashli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida «Dunyoni beraylik bolajonlarga» shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida Harbiy-texnik instituti faxriy qorovulining ko‘rgazmali chiqishi hamda kursantlarning qo‘l jangi usullari namoyish etildi. Bu esa o‘z o‘rnida bolalarda juda katta qiziqish uyg‘otdi. Institut kursantlarining «Alvon beretlar» badiiy havaskorlik ansamblining chiqishlari va estradamiz xushovoz xonandalarining sho‘x qo‘shiqlari ham bolajonlar ko‘ngliga birdek yoqdi.

Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatorida shu maktabni tamomlagan, 2018 yilda Xitoyda o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha parolimpiya o‘yinlari g‘olibi Ro‘za Qo‘ziyeva ham ishtirok etib, o‘z xursandchiligini bolajonlar bilan ulashdi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari tomonidan bolalarga qimmatbaho sovg‘alar ulashilib, maktab kutubxonasi uchun 200 ta badiiy va ertak kitoblar sovg‘a qilindi.

Shuningdek, bo‘lib o‘tgan har bir jarayon institut muddatli harbiy xizmatchilari va 1-bosqich kursantlari rassomlari tomonidan oq qog‘ozlarda tasvirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring