Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX muqaddas Qur’onning nodir nusxasini chetga sotayotganlarni ushladi (video)

DXX muqaddas Qur’onning nodir nusxasini chetga sotayotganlarni ushladi (video)

Foto: videodan skrinshot

Davlat xavfsizlik xizmati muqaddas Qur’on kitobining nodir nusxasini mamlakatimizdan olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining ekspertiza xulosasiga ko‘ra, XVI asrda qo‘lyozma shaklida bitilgan ushbu «Qur’oni Karim» usta xattot Mulla Yusuf Saxxof tomonidan kitob shakliga keltirilgan va taxminan XIX asr oxiri XX asr boshlarida qayta restavratsiya qilingan.

Mutaxassislar fikricha, Samarqand hattotlik maktabi uslubida yozilgan, qariyb 5 asrlik tarixga ega, sahifalariga oltin suvi yuritilgan, benazir, qo‘lyozma kitobning taxminiy qiymati 1 milliard 880 million so‘mga teng.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tarixiy, ilmiy va badiiy qiymatga ega bo‘lganligi bois, ushbu nodir Qur’on kitobi respublikamiz hududidan olib chiqib ketilishi ta’qiqlangan kitoblar sirasiga kiradi va endilikda u O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga topshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring