Maxsus komissiya reydlarni davom ettirmoqda
Ayni damda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi va hududiy bosh boshqarmalar Ekopolitsiya xodimlari tomonidan atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan navbatdagi tungi reyd tadbirlari tashkil etildi. Reyd davomida Toshkent tumani hududida joylashgan issiqxonalardan biri hech qanday ekologik talablarga rioya qilmagan holda ko‘mir yoqib, atmosferani ifloslantirayotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan qonunda ko‘rsatilgan tartibda chora ko‘rildi hamda bartaraf etildi.
Ma’lumot uchun, 23–24 oktyabr kunlari Toshkent viloyatidagi 46 ta va Toshkent shahridagi 16 ta issiqxona o‘rganildi. O‘rganish davomida «Hasanboy» mahallasidagi issiqxonalardan birida chang-gaz tozalash uskunalarisiz ko‘mir yoqish holati aniqlanib, huquqbuzarga jarima qo‘llanildi va issiqxona faoliyati to‘xtatildi.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter