Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ekopartiya Hukumatning qarori loyihasiga qarshi chiqdi

Ekopartiya Hukumatning qarori loyihasiga qarshi chiqdi

Toshkent Botanika bog‘ining nufuzi hamda muhofazasiga yanada ko‘proq e’tibor qaratish kerak, deyiladi O‘zbekiston Ekologik partiyasining qaror loyihasi bo‘yicha munosabatida.

Qayd etilishicha, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — project.gov.uzportalida Vazirlar Mahkamasining «Istirohat bog‘lari faoliyati va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga ko‘ra, Toshkent Botanika bog‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi «Istirohat bog‘larini boshqarish direksiyalari» davlat muassasasi balansiga o‘tkazilishi belgilangan.

«O‘zbekiston Respublikasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i noyob ilmiy-unikal ob’yekt hisoblanadi.

Shu sababli, Botanika bog‘ini Vazirlar Mahkamasining «Istirohat bog‘lari faoliyati va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish» to‘g‘risidagi qarori loyihasidan chiqarish hamda Botanika bog‘iga Milliy bog‘ maqomini berish orqali uning nufuzini va muhofazasini kuchaytirish kerak deb hisoblaymiz.

Mazkur masala bo‘yicha partiyamizning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi nomidan Hukumatga deputatlik so‘rovi yuborildi», deyiladi munosabatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring