Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi jismoniy shaxslar ham bemalol taksichilik qilishi mumkin

Endi jismoniy shaxslar ham bemalol taksichilik qilishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Unga ko‘ra, 9 ta turdagi faoliyatni litsenziyalash tartibi litsenziyalash bo‘yicha funksiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan tegishli davlat organlariga topshirish yo‘li bilan soddalashtirilmoqda. Shu bilan birga, 5 turdagi litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish funksiyalar respublika davlat boshqaruv organlaridan ularning hududiy boshqarmalariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari, farmonda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi 19 turdagi litsenziyalarni va ruxsat berish tusidagi hujjatlarni olish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Masalan, 2018-yil 1-iyundan:

— telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va xizmat ko‘rsatish, qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish, baholash, veterinariya va turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishda taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirilmoqda;

— rieltorlik tashkilotlari uchun ustav kapitalining majburiy miqdoriga nisbatan qo‘yiladigan litsenzion talablar bekor qilinmoqda, oldindan to‘lov olmagan holda rieltorlik xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati berilmoqda;

— yengil avtomobilga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor shaklida yo‘nalishli taksi sifatida yo‘lovchilarni tijorat asosida tashish huquqi berilmoqda;

— ko‘chma savdoni amalga oshirishga ruxsatnoma yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham, ruxsatnoma amal qilish muddatini o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga berish huquqi berilmoqda, bitta ruxsatnoma bilan bir nechta joyda ko‘chma savdoni amalga oshirishga ruxsat berilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring