Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng tanqis va hisobli manba. Millionlab insonlar uni qidirib qit’adan qit’aga ko‘chib yurishga majbur bo‘ladi

Eng tanqis va hisobli manba. Millionlab insonlar uni qidirib qit’adan qit’aga ko‘chib yurishga majbur bo‘ladi

Foto: «UN.org»

Ekinning qoni, dehqonning joni bo‘lgan suv masalasi bugungi kunda jahonshumul muhim muammolardan biriga aylangani rost. Obihayot – tiriklik va hayot manbai. Suvning ifloslanishi tabiiyki, ekologik muammolarni ham keltirib chiqardi.

Butunjahon suv kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 22-mart – «Butunjahon suv kuni» deb e’lon qilinib, 1993-yildan buyon xalqaro miqyosda keng nishonlab kelinadi. Bundan maqsad insoniyatni suvdan samarali foydalanish va uni asrash, suv resurslarini kelajak avlodga yaxshi holatda yetkazib berishdir.

Bugungi kunda 2,1 milliarddan ziyod inson uy sharoitida xavfsiz ichimlik suvisiz yashaydi, bu esa ularning sog‘lig‘iga, ta’lim olishiga va yashashiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi.

Har yili «Butunjahon suv kuni» ma’lum bir shior ostida nishonlanadi. Ushbu kun 2015-yilda «Suv va barqaror rivojlanish», 2016-yili «Suv va kasblar» shiori ostida, 2017-yil – «Oqava suvlar» shiori ostida nishonlangan, 2018-yilgi Butunjahon suv kuni mavzusi «Tabiat suv uchun» — 21 asrda yuzaga kelgan suv muammolarining yechimini topishda tabiatni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, bu yilgi shior esa «Suv muammosi – jamiyat muammosidir: uning yechimi hech kimning nazaridan chetda qolmasligi kerak» deb nomlandi. 

Suv muammolariga yechim izlab...

Mintaqadagi yirik va keng sug‘oriladigan maydoniga ega bo‘lgan O‘zbekiston sug‘orish va ichimlik ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan daryo va ko‘llarning chuchuk suv resurslariga bog‘lanib qolgan.

Foto: TIQXMMI matbuot xizmati

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutida suv muammolari yechimiga bag‘ishlab xorijlik mutaxassislar ishtirokida bir nechta xalqaro konferensiyalar tashkil etilgan.

Foto: TIQXMMI matbuot xizmati

Ushbu ta’lim muassasasida Butunjahon suv kunini nishonlash doirasida o‘tkazilgan tadbirda Jizzax, Samarqand, Navoiy viloyatlaridagi ta’lim muassasalaridan talaba va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Ushbu tadbirlar fotosuratlar ko‘rgazmasini, bahs-munozaralarni, video tanlovlarni va innovatsion suv texnologiyalari ko‘rgazmasini o‘z ichiga oldi.

Insoniyatni o‘ylantiradigan muammo

Suv jahondagi eng tanqis va hisobli manbaga aylandi. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2020-2025 yillarga borib, barcha chuchuk suv resurslari inson faoliyati uchun egallab olinadi, ya’ni, suv ham investitsiya manbaiga aylanishi va sotilishi ehtimoli mavjud.

Dunyo miqyosida so‘nggi 100 yilda suv sarflanishi olti marotaba oshgan. Bu ketishda 2050 yilga kelib insoniyatga ikki barobar ko‘proq suv kerak bo‘ladi. Suv esa kamayib boraveradi.

Bugungi kunda dunyo miqyosida 1,1 milliard inson doimiy ravishda suv tanqisligi bilan kurashmoqda. 2 milliard kishi bu muammoga vaqti-vaqti bilan duch keldi.

2030 yilga kelib, taxminan 500 millionga yaqin kishi suv qidirib qit’adan qit’aga ko‘chib yurishga majbur bo‘ladi. Bu – butun insoniyatni o‘ylantiradigan muammo.

Rahimboy Jumaniyozov, TIQXMMI matbuot kotibi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring