Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng uzoq manzilga ham birinchi qadamni qo‘ysangizgina yetasiz

Eng uzoq manzilga ham birinchi qadamni qo‘ysangizgina yetasiz

Foto: «Sensorika.uz»

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng rivojlangan mamlakatlarda ham aholining 5-8 foizi ishsiz ekan. Demak, ishsizlik muammosi butun dunyo odamlaridagi bor tashvish... Faqat mazkur masala yechimiga barcha davlatlarda turlicha yondashiladi. Masalan, Xitoyda kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik bilan ishsizlik muammolariga barham berilmoqda. Buni xitoyliklar kambag‘allik va qashshoqlikdan qutulishning eng to‘g‘ri yo‘li deb bilisharkan. Aslida mehnat bilan bandlik bu insonni harakatga keltiradigan hamda daromad topishga undaydigan yagona imkoniyatdir.

«Olma pish, og‘zimga tush», degan davrlar o‘tib ketdi. Bugun butun mamlakatimizda tadbirkorlikka berilayotgan imkoniyatlardan tushungan odam borki, foydalanib qolmoqda. Tadbirkorlikka uquvi yo‘q insonlarga esa butun tizim xodimlari huquqiy tushunchalar berish bilan jalb etilmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi rahbariyati hamda tuman va shahar davlat xizmatlari markazlari xodimlarining o‘tkazgan sayyor ro‘yxat va sayyor xizmat tadbirlari tufayli 2019-yilning mart oyida 71 ta oilaviy korxona  ro‘yxatdan o‘tdi. Joriy yilning birinchi choragida esa viloyat bo‘yicha 1871 yakka tartibdagi tadbirkor hamda 141 ta oilaviy korxona o‘z faoliyatini qonuniylashtirdi. Tahlillarga ko‘ra, Karmana, Konimex, Xatirchi va Navbahor tumanlarida oilaviy tadbirkorlik ancha rivojlangan.

Asosiysi, kun sayin fuqarolar qaysidir biznes boshini tutish, tadbirkorlik faoliyati tufayli hayoti farovon bo‘lishini anglab yetmoqda. Qolaversa, davlat xizmatlari markazi xodimlarining sa’y-harakati tufayli yangidan ochilayotgan oilaviy korxonalar soni ko‘payotgani e’tirofli. Shunga aytishadida, eng uzoq manzilga ham birinchi qadamni qo‘ysangizgina yetasiz, deb.

Sardor Adizov,
DXA Navoiy viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring