Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslar uchun dispetcherlik xizmati tashkil etiladi

Eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslar uchun dispetcherlik xizmati tashkil etiladi

Foto: «KakProsto.ru»

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan «Eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 mart kuni «Eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4242-sonli Qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2019-yil 1-iyuldan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibida Eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dispetcherlik xizmati tashkil etiladi.

Eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslar, shuningdek ularning vakillari tomonidan texnik vositalar (video qo‘ng‘iroqlar, matnli xabarlar, maxsus dasturiy ta’minotdan foydalangan holda qo‘ng‘iroqlar va boshqalar) orqali bo‘ladigan murojaatlarga shoshilinch operativ xizmatlarning (101, 102, 103, 104, 1050) kechayu kunduz, tezkor javob berishlarini ta’minlash dispetcherlik xizmatining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Shuningdek, qarorga muvofiq eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari elektron bazasi yaratiladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan 2019 yil 1 iyulga qadar eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarga shoshilinch operativ xizmatlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, shu jumladan mobil aloqa servislaridan foydalanish bo‘yicha bepul xizmat ko‘rsatish imkonini beruvchi axborot tizimi joriy etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring