Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘ona viloyati prokurori 10 nafar fuqaroga doimiy ish topib berdi

Farg‘ona viloyati prokurori 10 nafar fuqaroga doimiy ish topib berdi

Jami 120 nafar fuqaroning murojaati tinglandi va 93 ta ariza qabul qilinib, aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi.

Murojaatlar asosan, sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda kommunal masalalarga oid bo‘ldi.  

Sayyor qabul jarayonining o‘zida 10 nafardan ortiq fuqaro ishga joylashtirilishi, 15 nafardan ortiq fuqaroning kommunal xo‘jalik bilan bog‘liq muammolari hal etilishi, 6 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, davolanishga yotqizildi. 1 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 2 nafar fuqarolarga moddiy yordam berilishi ta’minlandi.

Yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring