Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada 5 kunlik chaqaloqni pullayotgan hamshiralar ushlandi

Farg‘onada 5 kunlik chaqaloqni pullayotgan hamshiralar ushlandi

Foto:«Uztaginfo»

Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazgan tadbirda O‘zbekiston tumanining tibbiyot birlashmasi hamshiralari A.I. va R.Q.lar, fuqaro G.T.ning 5 kunlik o‘g‘il farzandini M.R.ga 500 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan A.I. va R.Q.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilayotgani ma’lum qilingan.

25-mart kuni Navoiyda 14 kunlik chaqalog‘ini sotayotgan ayol ushlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring