Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada fuqaroning gazdan qarzdorligi asossiz bo‘lib chiqdi

Farg‘onada fuqaroning gazdan qarzdorligi asossiz bo‘lib chiqdi

Foto:«Kp.ua»

Farg‘ona shahrida yashovchi X. Mallaboyeva O‘zbekiston Adliya vazirligi ishonch telefoniga Farg‘ona shahar gaz ta’minoti korxonasi tomonidan olib borilayotgan hisob-kitoblardan norozi bo‘lib murojaat qilgan. O‘rganish ishlariga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari ham jalb qilingan.

Murojaatni o‘rganishda 2013-yilning 16-noyabr kuni gaz bosimi past bo‘lgani sababli, gaz ta’minoti korxonasi xodimi Zokirov ishtirokida dalolatnoma tuzilib, xonadondagi gaz hisoblagich yechilgan va shundan so‘ng X. Mallaboyeva me’yoriy bo‘yicha har oyda to‘lovlarni amalga oshirib kelgani ochiqlangan. Lekin 2019-yilning 2-fevral kuni Farg‘ona shahar MIB bo‘limi xodimi xonadonga ogohlantirish xati berib, 5 kunlik muddatda tabiiy gaz taminotidan yuzaga kelgan 826908 so‘m qarzdorlikni to‘lamasa tarmoqdan uzilishini va bunga qo‘shimcha eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida jarima ham yozishini aytgan. Ogohlantirish muddati tugaydigan kuni Farg‘ona shahar MIB bo‘limi xodimi dalolatnomaga asosan xonadonni gaz tarmog‘idan uzgan va eng kam ish haqining ikki barobari miqdoridagi jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lab berish bo‘yicha MIB xodimiga kafolat xati yozib bergan.

Iste’molchi murojaati yuzasidan o‘rganish olib borish maqsadida xonadonga hisoblangan 826 908 so‘m qarzdorlikka aniqlik kiritish bo‘yicha Farg‘ona gaz XTGga so‘rov yuborildi. Natijada 27-mart holatiga ko‘ra murojaatchining tabiiy gaz ta’minotidan 491 300 so‘m haqdorligi borligi ma’lum qilingan. Natijada asossiz qarzdorlik olib tashlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring