Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada soxta IIV xodimi 6 yilu 2 oyga qamaldi

Farg‘onada soxta IIV xodimi 6 yilu 2 oyga qamaldi

Foto:«Xabar.uz»

Farg‘onada o‘zini IIB xodimi sifatida tanishtirib, ko‘plab odamlarni chuv tushirgan firibgar qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda O‘zA.

B.Azimov 2018-yil 17-avgust kuni Farg‘ona tumanidagi Avval qishlog‘ida joylashgan «Texnomark» kredit-savdo do‘koniga IIB xodimining dala yozgi kiyimida borib, u yerda ishlovchi X.Hasanovga o‘zini IIB xodimi deb tanishtirgan. Kredit-savdo do‘konidan bir dona narxi 4 million 800 ming so‘mlik LG rusumli kir yuvish mashinasi va bir dona narxi 1 million 850 ming so‘mlik «Samsung J-5» rusumli telefon apparatini sotib olishini aytib, kelishilgan pullarni Farg‘ona shahridagi yashash xonadonidan olib berishini bildirib, aldab, mulklarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

U xavfli retsidivist bo‘lgani holda o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, Oltiariq tumani «Qiziltepa» mahallasida yashovchi S.Abdumalikov bilan uchrashib, unga o‘zini IIB xodimi deb tanishtirib, aldab, undan bir bosh qo‘yni 1 million 800 ming so‘mga sotib olishga kelishgan. Garov tariqasida avtomashina texnik pasportini berib, bir bosh qo‘yni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, uni sotib, pullarni o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan.

Shuningdek, B. Azimov bir necha epizodlarda ham odamlarni o‘z tuzog‘iga ilintirib, firibgarlik jinoyatini sodir etgan. Hatto B. Mahmudovga tegishli avtomashinani 2500 AQSh dollari evaziga sotib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan.

Har qanday jinoyat javobsiz qolmaganidek, yuqoridagi jinoiy holatlar bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borildi va B.Azimov ehtiyot chora sifatida qamoqqa olindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqildi hamda B. Azimovga uzil kesil 6 yilu 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring