Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq mahkuma qiz o‘zini jazo koloniyasiga qaytarishni so‘rab murojaat qildi

Sobiq mahkuma qiz o‘zini jazo koloniyasiga qaytarishni so‘rab murojaat qildi

Foto:«Sputnik»

Toshkentda «Ijtimoiy sheriklik: muammolar va istiqbollar»  mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Oila»  ilmiy-amaliy tadqiqot markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda ishtirok etgan konferensiya moderatori Venera Ermatovaning so‘zlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida yashovchi qiz jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, oilaga qaytgan va o‘z oilasida ota-onasi, singillari tomonidan unga salbiy munosabatda bo‘lishgani oqibatida qiz «men yana jazo koloniyasiga qaytishni xohlayman»  deb tegishli joylarga murojaat qilgan. Uning aytishicha, o‘z yaqinlaridan ko‘ra, uni jazo koloniyasidagi dugonalari yaxshi tushunishgan, ko‘ngliga yo‘l topa olishgan.

Bu kabi muammolar har bir sobiq mahbusni qiynaydi. Turmush o‘rtog‘i, farzandlari, qaynona-qaynotasi tomonidan noo‘rin munosabat bildirilishi oqibatida bu ayollar yana egri yo‘lga tushib qoladi. Ishda, oilada, yaqinlari qalbida joy egallash ular uchun o‘ta murakkab, hatto tasavvur etib bo‘lmaydigan orzuga aylanadi. Ushbu konferensiyada bu kabi muammolar o‘rtaga tashlanadi. Mavjud holatlarga tashkilotlarning e’tiborini qaratish bizning asosiy maqsadimizdir. Bu esa kelgusida ijtimoiy-psixologik, huquqiy tomondan ana shunday insonlarning jamiyatda o‘z o‘rnilarini topishga ko‘maklashishimizga keng yo‘l ochadi.

Xalqaro tashkilotlar mutaxassislari tomonidan boshqa davlatlarda bu muammo qanday hal etilishi borasidagi tajribalar ham o‘rganib, tahlil qilindi. Xususan, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlaridagi aholi muammolarini o‘rganish va hal etish masalalari haqidagi ma’ruzalar ko‘pchilikning diqqat-e’tiborini tortdi. Konferensiyada tegishli tashkilotlar hamkorlikdagi kelgusi rejalarni kelishib olishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring