Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fotoxabar. Eng yaxshi «mudofaa»chi viloyat aniqlandi

Fotoxabar. Eng yaxshi «mudofaa»chi viloyat aniqlandi

Foto: Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati

Andijon shahridagi Xotira maydonida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi o‘tkazildi. O‘n minglab andijonliklar tizilgan Alisher Navoiy shohko‘chasi bo‘ylab orkestr sadolari ostida harbiy parad bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Jo‘rayev ishtirok etdi. Bu haqda Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bayramning tantanali qismi «Zahiriddin Muhammad Bobur» nomli viloyat musiqali drama teatri binosida tashkillashtirildi. Unda Andijon viloyati hokimi — harbiy-ma’muriy sektor rahbari Shuhratbek Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mudofaa va favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining 17 nafar xodimi davlat mukofotlari, 12 nafar xodim viloyat hokimining faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alari, 17 nafar mudofaa ishlari boshqarma va bo‘lim boshliqlari «Ravon NEXIA 3» avtomashinasi bilan taddirlandi.

Jumladan, Respublika bo‘yicha «Eng yaxshi mudofaa ishlari boshqarmasi» nominatsiyasi bo‘yicha — Andijon viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi g‘olib deb topildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring