Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fuqarolarni DXM direktorining shaxsan o‘zi kutib olmasa, ishdan bo‘shatiladi

Fuqarolarni DXM direktorining shaxsan o‘zi kutib olmasa, ishdan bo‘shatiladi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Bugun, 2-fevral kuni Davlat xizmatlari agentligida navbatdagi hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

«Xabar.uz»ga ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda davlat xizmatlarini olish jarayonlarini takomillashtirish, respublikaning investitsion jozibadorligini oshirish, elektron xizmatlarni ommalashtirish, aholining raqamli ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, agentlik oldida turgan uzoq muddatli istiqbollar bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilgan.

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Agetlik rahbari Xalilillo To‘raxo‘jayev quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tdi:

«Hokimliklar tushunishlari kerak: Davlat xizmatlari markazlarining yangi binolari,  joylarda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar «toshkentdagilar»ga kerak emas. Xalqimiz uchun kerak.

Bundan keyin asosiy urg‘u markazlar xodimlarining muomala madaniyatiga beriladi. «Ishonch  telefoni»,  ijtimoiy tarmoqlar orqali  kelib tushayotgan har bir murojaat shaxsan o‘zimning nazoratimda bo‘ladi.

Agar Davlat xizmatlari markazi direktorining shaxsan o‘zi fuqarolarni kutib olib, tegishli darchaga yo‘naltirmasa, bu mehnat qoidalarini qo‘pol ravishda buzish deb tan olinadi va mehnat shartnomasini uzishga asos bo‘ladi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring