Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV ogohlantiruvchi xabar bilan chiqdi

FVV  ogohlantiruvchi xabar bilan chiqdi

FVV matbuot xizmati ogohlantiruvchi ma’lumot bilan chiqdi. 

Ayni kunlarda mamlakatimizda g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Aytilishicha, mavsum davrida ayrim dehqonlar, fermer xo‘jaliklari raislari va fuqarolar tomonidan qasddan g‘alladan bo‘shagan yerlarni yoqib yuborish xolatlar kuzatilmoqda.

«Aslida g‘allasi o‘rilgan maydonning yoqib yuborilishi o‘sha joydagi barcha tirik organizmlarni nobud qilib, tuproqda bo‘lgan gumus va azotning yo‘qolishi natijasida tuproq unimdorligi kamayadi hamda havoga zaharli moddalar ajralib chiqadi. Bundan tashqari, atrofdagi o‘rilmagan maydonlarga ham yong‘in o‘tib ketish xavfi ortadi.

Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha dehqonlar, fermerlar va fuqarolarni ogohlikka chaqiradi. G‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini yoqib yuborish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik mavjud.

Hurmatli fuqarolar g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini yong‘indan saqlash ishiga mas’uliyat bilan qarashingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Chinozda yong‘inlar bo‘layotgani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring