Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya prezidenti Xorazmda kutib olindi

Germaniya prezidenti Xorazmda kutib olindi

Foto: «O‘zA»

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Germaniya Federativ Respublikasi Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 29-may kuni Xorazm viloyatiga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Oliy martabali mehmonni Urganch xalqaro aeroportida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri A.Komilov, Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov kutib oldi.

Federal prezident Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashib, Xiva shahridagi madaniy-me’moriy obidalar bilan tanishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring