Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gulistonda cho‘kayotgan qizni qutqargan yigitning o‘zi vafot etdi

Gulistonda cho‘kayotgan qizni qutqargan yigitning o‘zi vafot etdi

Foto: Sirdaryo Xabarlari

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Guliston shahar IIBdan olingan xabarga ko‘ra, joriy yilning 30 aprelida Jizzax viloyati, Zomin tumani «Birlik» mahalla fuqarolar yig‘ini, «Birlik» ko‘chasi, 3-uyda yashagan Sardor Bahodirov Guliston shahri hududidan oqib o‘tuvchi «Do‘stlik» kanali qirg‘oq bo‘ylab ketayotganida cho‘kayotgan qizga ko‘zi tushadi.

S.Bahodirov cho‘kayotgan qizni qutqarish maqsadida zudlik bilan suvga tushadi va uning hayotini saqlab qoladi. Ammo suv sovuqligidan Sardorning tomirlari tortishib qolib, o‘zi suv tagiga g‘arq bo‘ladi.

– Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 1999 yil Zomin tumanida tug‘ilgan S.Bohodirov «cho‘kish oqibatida nafas yo‘llarining suv bilan berkilishidan yuzaga kelgan mexanik asfiksiya» natijasida vafot etganligi ma’lum bo‘ldi, – deydi Guliston shahar IIB boshlig‘i, polkovnik Z.Qayumov. – Holat yuzasidan Guliston shaxar prokuraturasi topshirig‘iga asosan zudlik bilan surishtiruv harakatlari boshlab yuborildi.

Qutqarib qolingan qiz voyaga yetmagan 2005 yilda tug‘ilgan Guliston shahar 3-mavze 8-uy 2-xonadonda yashovchi, 8-maktabning 8-«V» sinf o‘quvchisi Madina Muxiddinova ekani aniqlandi.
Jabrlanuvchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali jonlantirish bo‘limiga yetkazildi. Qizning jismoniy holati normallashmoqda. Qizning nima sababdan suvga tushganligi sabablari prokuratura xodimlari tomonidan aniqlanmoqda.

Bu baxtsiz hodisa – shahar hududidan oqib o‘tuvchi Do‘stlik» kanalida shu hududning o‘zida joriy yilning birgina aprel oyidagi bu ikkinchisidir. Shahar ma’murlari bu kabi fojialarning oldini olish maqsadida zudlik bilan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqmasa, havo harorati ko‘tarilgan sari bunday baxtsiz hodisalarning takrorlanmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi.

A.Qayumov, O‘zA

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring