Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulistonda ikki kunlik chaqaloqning narxi 2 million so‘mga baholandi

Gulistonda ikki kunlik chaqaloqning narxi 2 million so‘mga baholandi

Foto: Sirdaryo viloyat IIB

Guliston shahrida ikki kunlik chaqaloqni sotishga uringanlar qo‘lga olindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

2019 yilning 15 may kuni, Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan Guliston shahar hududida o‘tkazilgan tadbir davomida Guliston shahar, Bo‘ston MFYda istiqomat qiluvchilar B.A. va B.L. fuqaro B.A.ning 2019 yilning 13 may kuni tuqqan farzandi M.Sh.ni fuqaro D.Z.ga 2.000.000 so‘mga sotish vaqtida ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring