Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gulnora Karimovaning sobiq eri pul da’vo qilmoqda

Gulnora Karimovaning sobiq eri pul da’vo qilmoqda

Foto: «EADaily»

Gulnora Karimovaning sobiq eri – kelib chiqishi afg‘onistonlik bo‘lgan AQSh fuqarosi Mansur Maqsudiy Shveysariya gazetasiga intervyu berdi. Bu haqda xorij ommaviy axborot vositalarida xabarlar tarqaldi.

Suhbat davomida millati o‘zbek bo‘lgan Maqsudiy  Gulnora Karimovaning Shveysariyada muzlatib qo‘yilgan 800 million frankning bir qismiga (100 million frank) haqli ekanini  aytmoqda. Bunga asos tariqasida xotini bilan ajrashgach, O‘zbekistondagi barcha mulklari tortib olinganini ko‘rsatgan.

Maqsudiy va Karimova 1991-yili oila qurgan. O‘n yilga yetib-yetmagan ushbu nikohdan Islom va Imon ismli farzandlari dunyoga kelgan. Islom ayni paytda Londonda istiqomat qilsa, qizi Imon Toshkentda ekani aytiladi. Gulnora Karimovaning o‘zi esa, Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, sodir etgan qator jinoyatlari uchun belgilangan jazoni o‘tamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring