Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ham pulini to‘la, ham «mashinangni Xorazmdan olib ket»mi?!

Ham pulini to‘la, ham «mashinangni Xorazmdan olib ket»mi?!

Foto:«Spot.uz»

2019-yil 9-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining «Ishonch telefoni»ga  Qo‘ng‘irot tumani, Qirqqiz qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro I.Uzaqbergenovaning Kegaylida joylashgan «KEGEYLI-AGROTEXSERVIS MTP» avtosalonga «Cobalt» avtomashinasini olish uchun pul o‘tkazganligi va avtosalon xodimlari tomonidan avtomashina kelgani xabar qilgan. Lekin avtomashinani Xorazm viloyatidan olish kerak bo‘layotgani borasidagi norozilik murojaati jo‘natilgan. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi. 

Ushbu murojaat Kegayli tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi hamda iste’molchiga 2019 yil 15 yanvar kuni Kegayli tumanidayoq «Cobalt» avtomashinasi topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring