Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harbiy kiyimdagi Islom Karimov: Birinchi prezidentning boshqa noyob suratlari

Harbiy kiyimdagi Islom Karimov: Birinchi prezidentning boshqa noyob suratlari

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti, davlat va jamoat arbobi Islom Karimovning tug‘ilgan kuni. Agar hayot bo‘lganida u kishi muborak sakson yoshni qarshi olardi. Lekin uning qoldirgan merosi va amalga oshirgan ishlari manguga qalbimizga muhrlangan.

Islom Karimov haqida xo‘b va ko‘p gapirildi, yozildi, ko‘rsatildi. Bu hali yana davom etadi. Shuningdek, bugun barcha telekanallarda «Mustaqillik me’mori» nomli hujjatli film ham namoyish etiladi.

Islom Karimovning tarixda o‘chmas iz qoldirishi endi har doim eslanadi. Lekin uning eng asosiy va muhim, aytish mumkinki, tarixiy qarori, jur’ati borki, busiz Birinchi Prezidentni yodga olish durust emasdir.

90-yillarning boshi, hamma yoq alg‘ov-dalg‘ov, barcha o‘zidan yo yonidagidan qo‘rqqan, ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Ko‘pchilik ishongan va o‘rganib qolgan sobiq ittifoq allaqachon parchalanib ketgan, O‘zbekiston degan davlat taqdiri ne kechishi xalqni sarosimaga sola boshlagan paytlar... Ana shu damda Islom Karimov katta sahnaga chiqqan. Yoshi kattalar yaxshi eslashsa kerak, o‘shanda u kishining nutqini televizor orqali butun respublika ko‘rgan va eshitgan. Ha, umuman, odamlar va boshqa davlatlar tinglashi kerak bo‘lgan gaplar aytilmagan u yerda. Islom Karimov O‘zbekistonni mustaqil davlat deb e’lon qilgan...

Zal bir muddat suv quygandek jimjit qolgan. Odamlar nima qilishini bilmagan: qarsak chalib, xursandchilik qilsinmi yoki mustaqillikni qo‘rqmasdan baralla e’lon qilgan odamga ergashishsinmi? Aholining umidi shu darajada so‘nib borayotgan edi. Axir mustaqillik e’lon qilindi, o‘zbek xalqi endi ozod, o‘z tili, bayrog‘i va madhiyasi bo‘ladi! O‘sha payt buni ko‘pchilik anglamagan, faqat Islom Karimovdan boshqa...

Ana shunday zakiy va uzoqni ko‘ra bilgan Yurtboshi bilan siylagan Xudo bizni! Oxiratingiz obod bo‘lsin, Islom bobo!

Suratlar, 1-qism.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring