Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda o‘zbekistonlik yoshlar uyushmasi ish boshladi

Hindistonda o‘zbekistonlik yoshlar uyushmasi ish boshladi

Foto: «RTU»

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi tomonidan mazkur mamlakatning turli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan vatandosh talabalar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda «Jahon» AA xabar berdi.

Ayni vaqtda Hindistonda 50 nafarga yaqin o‘zbekistonlik yoshlar axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, sharqshunoslik, ingliz tili kabi qator yo‘nalishlarda ilm o‘rganishmoqda.

Uchrashuvda uyushmaning 2018-yildagi ish rejasi muhokama qilinib, undagi asosiy yo‘nalishlar sifatida O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi madaniy, ilmiy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirish borasida ish olib borish, Hindiston ilmiy markazlari, kutubxona va muzeylarida saqlanayotgan va biz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston tarixi va madaniy boyligiga oid nodir qo‘lyozmalar katalogini tuzish, mazkur mamlakatning innovatsiya va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish kabi tadbirlar qayd etildi.  

Tadbir yakunida Hindistonda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlarni birlashtiruvchi uyushma tuzishga qaror qilindi. Elchixona bilan yaqin hamkorlikda ish yuritadigan mazkur tashkilot yig‘ilishi har oyda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.

Tuzilmaning raisi etib Javoharlal Neru universiteti magistranti Muzaffar Xaqberdiyev, kotib etib esa Deli universitetining Ram kolleji talabasi Aziza Zoirova saylandilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring