Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yer olib berish va’dasi bilan qo‘shnisini 10 ming dollarga «tushirgan» fuqaro ushlandi

Yer olib berish va’dasi bilan qo‘shnisini 10 ming dollarga «tushirgan» fuqaro ushlandi

Joriy yilning 10-aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tuman prokuraturasidan kelib tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018-yil 23-iyul kuni fuqaro B.X. O‘rozboyev qo‘shnisi H.B.ga Toshkent viloyati Toshkent tumani Hasanboy QFY hududidan 5 sotix yer olib berishlikni aytib, aldov yo‘li bilan undan 10 000 AQSh dollarini olgan.

Lekin u shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay, pullarni ham qaytarib bermagan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.X. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring