Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hozir Prezidentga judayam qiyin» — «Xabar.uz»da yilning eng shov-shuvli teleloyihasi

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali kolumnisti, mustaqil terrolog-analitik Said-Abdulaziz Yusupov yangi teleloyihaga qo‘l urdi. O‘zbekistonda muqobili bo‘lmagan ushbu teleloyiha orqali muallif mamlakatimiz ichkarisi va tashqarisidagi vaziyat, jamiyatimiz, odamlarimiz dunyoqarashidagi muammolar va ularning yechimlari haqidagi mulohazalarini o‘quvchilarimiz bilan bo‘lishib borishni maqsad qilgan.

Said-Abdulaziz Yusupov o‘quvchilarimizga «Qachongacha Prezident aytmaguncha pusib o‘tiramiz? Davlat rahbariga yelkadosh bo‘lish uchun nima qilmoq kerak?!», «Qardoshlik qayg‘usi», «Televizor ko‘rayotganlarni kitob o‘qiydiganlar boshqaradi(mi?)!», «Maqsad — «G10». Boltani tashlang!», «Butlarni sindiring!» kabi maqolari bilan yaxshi tanish. Bundan tashqari, muallifning «Kun.uz» internet nashrida e’lon qilingan «Yolg‘onlardan voz kechib, bir g‘oya ostida ruhan birlashish vaqti bo‘lmadimikan?» nomli maqolasi ham ko‘pchilikning e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

Teleloyihaning ilk sonida muallif O‘zbekistondagi o‘zgarishlar, bugungi geosiyosiy va ijtimoiy vaziyat, bu jarayonda mamlakat rahbariga qanchalik qiyin ekani haqida so‘z yuritadi.

«Oq va qora» deb nomlangan ushbu ko‘rsatuv muntazam tayyorlab borilishi kutilayotir. Ushbu esklyuziv ko‘rsatuvning yangi sonlarini faqatgina «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalida tomosha qilishingiz mumkin. Bizni kuzatib boring!

Izohlar 9

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring