Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat tarkibida bir qator yangi tayinlovlar ro‘y berdi

Hukumat tarkibida bir qator yangi tayinlovlar ro‘y berdi

Foto: «O‘zstandart»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5350-son farmoniga muvofiq, Shermatov Sherzod Xotamovich boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3544-son qaroriga muvofiq, Sherzod Hotamovich Shermatov O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5351 sonli farmoniga muvofiq, Ahmedxo‘jayev Azim Isroilovich O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tasdiqlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring