Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi «Huquqingni bil va talab qil» aksiyasini o‘tkazmoqda

Adliya vazirligi «Huquqingni bil va talab qil» aksiyasini o‘tkazmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Adliya vazirligi tomonidan qonunlarni ommaga yetkazish, fuqarolarni huquqni bilish va talab qilishga chorlash maqsadida 2018 yilning 10 noyabridan 10 dekabriga qadar «Huquqingni bil va talab qil» aksiyasi tashkil etilgan va ayni kunlarda bo‘lib o‘tmoqda.

Adliya vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu aksiya doirasida aholidan murojaatlarni qabul qilish uchun onlayn platforma ochildi. Fuqarolar haftaning istalgan kuni istalgan soatda (7/24 rejimida) ushbu portalga murojaat qilishlari mumkin.

Murojaatlarning har biri joylarga borib o‘rganiladi va amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Aksiya doirasida murojaat yo‘llash quyidagi havola orqali amalga oshiriladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring