Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vazirligi ochiq xatga javob berdi

Ichki ishlar vazirligi ochiq xatga javob berdi

Kecha saytimizda «Ichki ishlar vaziriga ochiq xat» e’lon qilingan edi. Bugun Ichki ishlar vazirligi mazkur ochiq xatga javob bergan.

IIV javobiga ko‘ra, hozir ichki ishlar organlari axborot xizmatlarining faoliyatini tubdan yaxshilash ishlari boshlangan. Yaqin kunlarda OAV va jamoatchilikka ushbu masalada alohida bayonot berilishi rejalashtirilgan.

Bayonotda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126-moddasiga o‘zgartirish kiritish yuzasidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi 2019-yil 2-oktyabr kuni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (regulation.gov.uz) jamoatchilik hamda tegishli vazirlik va idoralarning fikrlarini olish maqsadida joylashtirilgani yozilgan.

IIVning ta’kidlashicha, mazkur qonun loyihasiga jamoatchilik va fuqarolar faol fikr bildirmoqda. Ayni vaqtda shu fikr-mulohazalar Ichki ishlar vazirligi tomonidan to‘liq o‘rganilmoqda.

«Albatta, buning natijasida kodeksga o‘zgartirish kiritish yoki uning muhokamadan yechilishi to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi», deb yozilgan javob xatida.

Propiska masalasida vazirlik fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish va bu bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini yanada soddalashtirishga qaratilgan qaror loyihasi ko‘rib chiqilayotganini yozgan.

«Shu o‘rinda ta’kidlaymizki, ichki ishlar organlari xodimlari qonun xujjatlari talablariga to‘liq rioya etishlari hamda ularni bajarishlari shart. Fuqarolarimizning kundalik turmushida ushbu masalaga oid muammolar vujudga kelganda, o‘rnatilgan tartibda murojaat qilishlari so‘raladi», deb yozilgan bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring