Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIBB: «Kunduzgi chiroqlar yoqilishi natijasida YTH 25 foizga kamaydi»

IIBB: «Kunduzgi chiroqlar yoqilishi natijasida YTH 25 foizga kamaydi»

Foto: IIBB matbuot xizmati

IIBB tomonidan yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan yangi o‘zgarish – kunduz vaqtida yaqinni yorituvchi chiroq yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib yurish natijasida yo‘l-transport hodisasi kamaygani xabar qilindi.

«Joriy yil va o‘tgan yilning 10-aprel kunidan 17-aprelgacha bo‘lgan davr: farq bormi?

Yo‘l harakati qoidalariga joriy yilning 10 aprel kunidan kiritilgan kunduz vaqtida yaqinni yorituvchi yoritgichlarni yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqish talabiga, ushbu talabga amal qilish muhimligini anglayotgan o‘rtacha 20-30 foiz qonunni hurmat qiladigan haydovchilar va piyodalar rioya qilishni boshlashdi. Natijada Toshkentda yo‘l-transport hodisalari kamaygani, shu jumladan piyodalarni urib yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan YTHlar kamaygani kuzatilmoqda.

Raqamlarga diqqat bilan qarang:

2018-yilning 10-aprelidan 17-may kunigacha 153 ta YTH sodir bo‘ldi.

2019-yilning 10-aprelidan 17-may kunigacha – 108 ta YTH.

Natija: YTH soni 45 taga kamaygan.

Shulardan piyodalarni urib yuborish bilan bog‘liq YTH:

2018-yilning 10-aprelidan 17-may kunigacha – 75 ta holat;

2019-yilning 10-aprelidan 17-may kunigacha – 37 ta holat.

Natija: piyodalarni urib yuborish bilan bog‘liq YTH soni 38 taga kamaygan.

Ba’zi haydovchilar biror bir harakatni amalga oshirishdan oldin yon yoki orqani ko‘rsatuvchi oynalarga qaramasliklarini inobatga olgan holda yangi talabning asosiy maqsadi haydovchilar bir-birlarini ko‘rishlaridadir, orqada yonib turgan yorug‘likni esa payqamaslikning iloji yo‘q. Piyodalar uchun ham KSCh yoniq bo‘lgan avtomobil, shu jumladan kunduz kuni ham sezilarliroq bo‘ldi. Deputatlar ilgaridan, kunduz vaqtida yaqinni yorituvchi yoritgichlarni yoki KSChni yoqish talabi kirituvchi qonunni tasdiqlayotganlarida haq bo‘lishgan. Maqsad – ko‘proq yo‘l harakati ishtirokchilarining hayot va sog‘liqlarini saqlab qolishda bo‘lgan. Joriy yilning 10 aprel kunidan 17 maygacha bo‘lgan muddatda YTH soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29,3% kamaygani, ushbu talab to‘g‘ri bo‘lganligidan dalolatdir.

Yo‘l-transport hodisalarining kamayishi kuzatilmoqda. Piching va hazil-mutoyibalarni bir chetga surib, bir oz o‘ylab ko‘rishni so‘raymiz: insonlarning hayot va sog‘liqlari qadrliroq!

Hurmatli haydovchilar! Yaqinni yorituvchi yoritgichlarni yoki kunduzgi signal chiroqlarni yoqing, kimningdir hayotini saqlab qoling!»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring