Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIBB: Qo‘yliq bozorida bo‘sh yashiklar yongan

IIBB: Qo‘yliq bozorida bo‘sh yashiklar yongan

Foto: Videodan skrinshot

Biroz vaqt muqaddam Qo‘yliqdagi bozorda yong‘ir sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan bu borada rasmiy ma’lumot tarqatildi.

Bugun, 16 iyun soat 13:53da 101 raqami orqali Bektemir tumanida yong‘in bo‘lgani haqida xabar qilingan. Yong‘in Toshkent avtomobil katta xalqa yo‘li bo‘yidagi «Davru Davron avto» MChJga qarashli yuk mashinalar avtoturargohida va yonma-yon joylashgan «Ko‘klangi vodiy» ulgurji bozori hududida kelib chiqqan bo‘lib, 60-70 metr kvadrat joydagi yog‘och taglama va bo‘sh yashiklar yongan.

Soat 14:35da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Qurbonlar yo‘q. Hozircha jabrlanganlar va yong‘in sababi haqida ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring