Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV Termizdagi portlash yuzasidan ma’lumot berdi

IIV Termizdagi portlash yuzasidan ma’lumot berdi

Termiz shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi 10-uyning yerto‘lasida yuz bergan portlash haqida xabar berilgan edi.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, surishtiruv ishlari natijasida ushbu chaqnash Termiz tumani Navro‘z mahallasida yashagan, «Fasad Diyor» MChJ ishchisi, 57 yoshli Rajab Inomaliyev o‘zi ishlayotgan MChJning yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi omborxonasida elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida, xonaga yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgani aniqlandi. Natijada Rajab Inomaliyev va shu omborxonada bo‘lgan ushbu korxonaning yana bir ishchisi, Termiz shahar Ibn Sino ko‘chasida yashagan, 61 yoshli Rahmatullo Abdurahmonovlar voqea joyida vafot etganlar.

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ular butun tananing kuchli alangadan 100 foiz kuyishi hamda is gazidan o‘tkir zaharlanishidan vafot etganliklari aniqlangan. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring