Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

IIV tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Foto:«Xabar.uz»

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. 

Unga ko‘ra, polkovnik Iminov Ziyod Galibovich Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar, Z.Iminov Oqqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘ining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Koldiboyev Mirzohid Saydaxmatovich Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar, M.Koldiboyev IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Mirto‘layev Sa’dulla Mirag‘lamovich Toshkent viloyati IIBB Probatsiya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar, S.Mirto‘layev Toshkent viloyati Parkent tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Polkovnik Jo‘rayev  Ravshanjon Mehmonqo‘ziyevich Toshkent viloyati IIBB Moliya va moddiy texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar, R.Jo‘rayev Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring