Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV tizimida yangi tayinlov

IIV tizimida yangi tayinlov

Foto: IIV matbuot xizmati

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida navbatdagi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi. Unga ko‘ra, polkovnik Nuriddin Normatov IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlanlangan.

Nuriddin Normatov Ichki ishlar vazirligi akademiyasida aspirat, o‘qituvchi, kafedra mudiri o‘rinbosari,  ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i,  so‘ng O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutida bosh ilmiy xodim, bo‘lim mudiri lavzoimlarida ishlagan. Bir qancha muddat respublika rahbarlik idorasida faoliyat ko‘rsatgan. Mazkur lavozimga tayinlanishdan avval IIV Yong‘in xavfsizligi instituti boshlig‘i vazifasini ado etgan.

Yuridik fanlari doktori, professor.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutini 2018-yilning sentyabridan buyon podpolkovnik Abdurahmon Pardiyev boshqarib kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring