Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki og‘iz shirin so‘z kimni o‘ldiribdi?

Ikki og‘iz shirin so‘z kimni o‘ldiribdi?

Foto: «Uza.uz»

Dunyo bo‘yicha xushmuomalalik va ehtirom ko‘rsatishda yapon xalqini e’tirof etishadi. Doimo ta’zim bilan jilmayib odamni qarshi oladigan bu millat vakillari avvalo samimiy ko‘z qarashi bilan suhbatdoshni o‘ziga chorlar ekan. Bunday o‘ta kamtarlik bilan bilan qilingan munosabat o‘z-o‘zidan ma’lumki, ikki tomonga ham yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi.

Keyingi paytlarda OAVlarida muomala madaniyati, kasb etikasi va so‘zlashuv etiketi borasida turli fikrlar bildirilmoqda. Bu mavzu doimo dolzarbdir. Boisi, xalqona tilda aytadigan bo‘lsak, so‘nggi yillarda  biror bir idoraga ishi tushib borgan odamga ba’zida to‘g‘ri muomala qilinmagan. Yaxshilab kuzatsangiz, bunday munosabat hozir ham uchrab turadi. Yaqin kunlargacha ayrim idoralarga murojaat bilan borgan fuqarolarga ko‘pollik, qo‘rslik bilan qaytarilgan javob tufayli fuqarolik sudlarida javobgarlik ishlari ko‘rilgan. Ikki og‘iz shirin so‘z kimni o‘ldiribdi, dersiz. 

Gapning indallosi, bugun respublikamizning qaysi hududiga bormang, odam eng ko‘p qatnaydigan joy davlat xizmatlari markazi bo‘lib qoldi. Har bir fuqaroga ko‘rsatiladigan xizmat uni xushmuomalalik bilan kutib olishdan boshlanadi. Bu markaz xodimlari faoliyatiga kiritilgan birinchi tamoyildir. Navoiy viloyatiga hatto, sinash uchun ham markazlarga kirib borganingizda fuqarolarni markaz rahbarlarining o‘zi kutib olmoqda. Xabaringiz bor, bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 100 dan ortiq davlat xizmatlari  ko‘rsatib kelinmoqda. Shuningdek, homilador hamda yosh bolali ayollar, keksalar va imkoniyati cheklangan fuqarolarga navbatsiz xizmat ko‘rsatib boriladi.

Maqsadimiz markazga tashrif buyurgan har bir fuqaroga  «Murojaatchi doim haqdir», «Davlat xizmatini ko‘rsatishda eng muhimi professionallik», «Tinglash, tushunib eshitish va yordam berish», «Murojaatchini vaqtini tejash», «Ochiqlik va qulaylik», «Xushmuomala va samimiylik», «Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun shaxsan javobgarlik», «Mamnuniyat va sharaf bilan insonlarga yordam berish» kabi tamoyillar asosida xizmat ko‘rsatishdir. Ushbu tamoyillarga amal qilgan holda davlat xizmatini ko‘rsatish markazda faoliyat olib borayotgan har bir xodim  uchun nafaqat kasb, balki sharaf hamdir.

Sardor Adizov, 
Davlat xizmatlari markazlari ustidan
nazorat qilish bo‘limi bosh maslahatchisi

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring