Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ipoteka krediti bo‘yicha katta imtiyozlar beriladi

Ipoteka krediti bo‘yicha katta imtiyozlar beriladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda ipoteka krediti bo‘yicha bir qator imtiyozlar beriladi. Bu haqda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev selektor yig‘ilishi davomida ta’kidlab o‘tdi.

«Xabar.uz» muxbiri ma’lum qilishicha, joriy yilda ipoteka krediti bo‘yicha 6 oylik imtiyozli davr kiritiladi.

Shaharlarda dastlabki badal miqdori 20 foizdan 15 foizga tushiriladi.

Past daromadli, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga 15 foizlik dastlabki badalning 10 foizi subsidiya sifatida to‘lab beriladi. Ya’ni, aholi uy olish uchun dastlabki badalning 5 foizini to‘laydi, xolos.

Kredit olgan aholi uchun foiz to‘lovlarining Toshkent shahrida 12 foizi, boshqa hududlarda 10 foizidan yuqori qismiga subsidiya beriladi.

Misol uchun, qishloqlarda 54 kvadrat metrli kvartira (o‘rtacha 216 million so‘m) olmoqchi bo‘lgan oila 33 million so‘mlik dastlabki badalning faqat 11 million so‘mini to‘laydi, 22 million so‘mini esa davlat beradi.

Bu oila imtiyozli davrda oyiga 1 million 500 ming so‘m kredit to‘lasa, qolgan 1 million 100 ming so‘mini har oy davlat qoplab beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring