Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Viloyatlarda ishonchnoma va hisobvaraq-fakturalar elektron shaklga o‘tmoqda

Viloyatlarda ishonchnoma va hisobvaraq-fakturalar elektron shaklga o‘tmoqda

Sirdaryo viloyatida 2018 yil 15 oktyabrdan boshlab barcha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalarni majburiy tartibda rasmiylashtirishni joriy etish bo‘yicha eksperiment o‘tkazilmoqda. Viloyatda bugungi kunda 104 ta servis va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar hisobvaraqlarni elektron tartibda topshirishga o‘tdi, ushbu sub’yektlarning jami aylanma summasi 669 mlrd. 753 mln. so‘mni tashkil etib, ular tomonidan 2032 ta elektron hisob fakturalar yuborilishi ta’minlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi xabar qilmoqda.

Ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatayotgan korxonalar uchun my.soliq.uz yoki faktura.soliq.uz saytlaridagi «e-factura» xizmati orqali hisobvaraq fakturalari shakllantirilgach, hujjat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Ushbu hujjatda avtomatik tarzda aks etadigan maxsus kod uning haqiqiy ekanini ko‘rsatib turadi.

Shuningdek, elektron hujjatlar soni ko‘paytirilib, hozirda hisobvaraq-fakturalar bilan birga ishonchnoma, tovar-transport yukxatlari va ishlar, xizmatlar bajarilganlik haqida dalolatnomalarni elektron tarzda yuritish imkoniyatlari yaratilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu dasturiy majmua soliq to‘lovchilar tomonidan hisob-fakturalarni qog‘oz shaklida to‘ldirishdagi muammolarni bartaraf etish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lash borasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noaniqliklarning oldini oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring