Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iste’molchilar federatsiyasi Blogerlar chempionati uchun yana bir nominatsiya joriy qildi

Iste’molchilar federatsiyasi Blogerlar chempionati uchun yana bir nominatsiya joriy qildi

Foto: «Xabar.uz»

Blogerlar chempionati homiylari soni yana bittaga ko‘paydi. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi chempionat doirasida «Iste’molchilar huquqi mavzusidagi eng yaxshi blogpost» nominatsiyasini joriy qildi.  


Mavzuga doir:
Mukofot jamg‘armasi 60 mln. so‘mlik Blogerlar chempionatida kimlar qatnashishi mumkin?


Biz hammamiz iste’molchimiz. Har kuni ehtiyojimizdan kelib chiqib, tovar va mahsulotlarni xarid qilamiz, ish hamda xizmatlardan foydalanamiz. Bu esa, avvalo, qonun bilan muhofaza etiladigan huquqlarimizni chuqur bilish va amalda qo‘llay olishni, ikkinchidan esa, tobora rivojlanib borayotgan iste’mol bozori sharoitida sohaga oid qonunchilik bazasini takomillashtirib borishni taqozo etadi.

«Iste’molchilar huquqi mavzusidagi eng yaxshi blogpost» nominatsiya uchun chempionat ishtirokchilari iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi muammolar, qonunchilikdagi kamchiliklar, ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar tomonidan faqatgina daromad olishni ko‘zlab, zimmasidagi majburiyatlarni unutib qo‘yishayotgani, buning oqibatida oddiy odamlar, ya’ni iste’molchilar jabr chekayotgani haqidagi, shuningdek, iste’molchilarning huquqlari xalqchil, sodda va tushunarli tilda targ‘ib qilingan, rivojlangan davlatlarning bu boradagi ilg‘or tajribalari tahliliy yoritilgan matn, video, audio va foto shaklidagi ijodiy ishlar qabul qilinadi. 


Mavzuga doir:

Blogerlar chempionatining hakamlari bilan tanishing!


Nominatsiya g‘olibi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishchi guruhi tomonidan aniqlanadi. Mazkur nominatsiya bo‘yicha Blogerlar chempionati ishtirokchilari orasidan bir nafar g‘olib bo‘lishi mumkin. Nominatsiya g‘olibi SMARTFON sohibi bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, Blogerlar chempionati uch bosqichda bo‘lib o‘tadi. Birinchi bosqich 12-apreldan start olsa, final bosqichi 10-iyun kuni yakunlanadi. G‘olib va sovrindorlar 14-iyun — Xalqaro blogerlar kunida tantanali ravishda taqdirlanadi. Asosiy mukofotlardan tashqari o‘ndan ziyod nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar taqdirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring