Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Iste’molchining nuqsonli avtomobili yangisiga almashtirib berildi

Iste’molchining nuqsonli avtomobili yangisiga almashtirib berildi

Foto:«Aquatoria.org.ru»

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoni orqali 2019-yil mart oyida Buxoro viloyat Qorako‘l tumanida yashovchi fuqaro Z.Mavlonovning og‘zaki murojaati ro‘yxatga olingan.

Murojaatda iste’molchi Buxoro shahridagi «Sitora avto savdo» MChJ avtosalonidan «Kobalt» rusumli avtomashinasini shartnoma orqali xarid qilgani, ammo uning nuqsoni borligidan noroziligini bildirgan.

Ushbu murojaat Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilganda, ariza o‘rinli ekanligi, avtomashinaning chindan ham kamchiligi borligi aniqlandi. MChJ vakillariga «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 13 va 14-moddalariga asosan iste’molchiga yangi «Kobalt» rusumli avtomashinasi olib berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring