Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyada Yevropaning eng keksa ayoli vafot etdi

Italiyada Yevropaning eng keksa ayoli vafot etdi

Foto: «ANSA»

Italiyaning Sardiniya oroli, La Maddalena shaharchasida tug‘ilgan Juzeppina Projetto 116 yil-u 37 kunlik umrguzaronlikdan so‘ng vafot etdi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net» .

Projetto xonim yaponiyalik 117 yoshli Chixo Miyakodan so‘ng dunyodagi keksaligi bo‘yicha ikkinchi inson edi.

Juzeppina Projeto o‘tgan asrning 60-yillaridan beri Florensiya yaqinidagi qishloqda yashab kelayotgandi. Uning o‘g‘li Renato Frau 39 yoshida Livorno yaqinida cho‘kib ketayotgan odamni qutqaraman deb halok bo‘lgan.

May oyida Buyuk Britaniyaning eng yoshi ulug‘ ayoli Bessi Kamm 113 yoshida olamdan o‘tgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring