Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda aholi roziligisiz hech bir uy buzilmaydi

Toshkentda aholi roziligisiz hech bir uy buzilmaydi

Foto: «tashkentnews.uz»

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va Markaz-1 hamda Markaz-2 hududlarida istiqomat qiluvchi aholi ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar hokimi ushbu hududlar aholisi orasida yuzaga kelgan savollarga aniqlik kiritdi. Dastlab hokim aholining o‘z turar joylari, tumanlarida olib borilayotgan qurilishlar haqidagi fikrlari bilan tanishdi.

Foto: «tashkentnews.uz»

Uchrashuvda murojaat bilan kelgan fuqarolar Toshkentdagi bunyodkorlik tadbirlari va uylar holati bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi. Toshkent shahar hokimi poytaxtimizdagi buzilishi ehtimoli bo‘lgan hududlardagi ishlarni tashkil etish bo‘yicha axborot berdi.

Xususan, bu borada tegishli hududlarda ofislar tashkil etilib, har bir oilaning bu boradagi fikrlari o‘rganilishi ma’lum qilindi.

«Aholining bizning uylarimiz buziladimi degan savoliga esa sizning roziligingizsiz bu ish amalga oshmaydi», deya ta’kidladi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring