Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyadagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba jasadi Toshkentga jo‘natildi

Janubiy Koreyadagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba jasadi Toshkentga jo‘natildi

Janubiy Koreyadagi yong‘inda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani va yana bittasi  jarohatlangani haqida xabar bergan edik. 

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasiga ko‘ra, 2019-yilning 9-may kuni Seul shahridagi kvartirada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Farrux Mo‘minovning (1996 yilda tug‘ilgan) jasadi Toshkentga jo‘natilgan.

Yong‘in chog‘ida ikkinchi darajali kuyish olgan talaba Mutal Yuldashev (1997-yilda tug‘ilgan)  «Hanil» kasalxonasiga joylashtirilgan, unga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 11-may kuni jabrlanuvchining otasi va akasi Seul shahriga yetib keldi hamda M.Yuldashev ta’lim olgan  «Hankuk» universiteti ko‘magida ularga yashash joyi borasida va boshqa masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatilgan.

Hozirgi paytda Janubiy Koreya tomoni yong‘inning barcha sabablarini aniqlash uchun tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring