Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda maktab va kollej o‘quvchilari dars vaqtida «Internet kafe»da yurgani aniqlandi

Jizzaxda maktab va kollej o‘quvchilari dars vaqtida «Internet kafe»da yurgani aniqlandi

Bugun, 23 oktyabr kuni Yoshlar ittifoqining Jizzax viloyat bo‘limi, xalq ta’limi hamda ichki ishlar boshqarmalari hamkorligida Jizzax viloyatining shahar, tumanlarida «O‘quvchi» reydlari tashkil etildi.

Ushbu reyd dars vaqtida o‘quvchilarning internet kafe, bozor va restoranlarda bo‘lishining oldini olish maqsadida o‘tkazildi. Jizzax shahrining o‘zida 10 nafar maktab, 3 nafar kasb-hunar kolleji o‘quvchisining dars vaqtida internet kafeda vaqt o‘tkazayotgani aniqlandi.

Jizzax shahridagi 3- va 5-umumiy o‘rta ta’lim maktablari, Jizzax transport va aloqa kasb-hunar kolleji o‘quvchilari vaqtini internet kafelarda turli o‘yinlar o‘ynash bilan o‘tkazayotganidan ularning ota-onasi bexarligini aytib o‘tishdi.

«Yoshim 12 da. Ertalab ingliz tilidan qo‘shimcha darslarga qatnayman, — deydi shahardagi 5-umumiy o‘rta ta’li maktabining 6-sinf o‘quvchisi Akmal Ozodov. — Maktabdagi darslarim 13-00da boshlanadi. Shuning uchun vaqtimni bu yerda o‘tkazaman. Ota-onam mening kompyuter o‘yinlariga kelishimni bilishmaydi».

Maktabning 9 sinf o‘quvchilarining aytishicha, iqtisod fani o‘qituvchisi dars o‘tmasdan ularga ruhsat berib yuborgan. Shuning uchun ular internet kafega kelishgan.

«9-sinflar orasida eng namunali sinf rahbariman, — deydi o‘quvchilarning sinf rahbari Nigora Abdullayeva. — Bugun maktabda darsim yo‘qligi sababli soat 12-00ga yaqin uyga ketgan edim. O‘quvchilarimning internet kafelarda vaqt o‘tkazishini bilmaganman. Hozir ham ular bilan gaplashganimda, bu yerga birinchi marta kelishganini aytishdi. Bundan keyin ota-onalar bilan birga o‘quvchilarimni qattiq nazorat ostiga olaman».

Shohida Damanova,
Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat kengashi raisi o‘rinbosari,
"Kamalak" bolalar tashkiloti raisi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring