Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda ko‘pqavatli uylar qurilishida sifatsiz plita ishlatilmoqda

Jizzaxda ko‘pqavatli uylar qurilishida sifatsiz plita ishlatilmoqda

Foto: «jizzax.uz»

Bugun imorat qurish bilan hech kimni hayron qoldira olmaysiz. Butun mamlakat bo‘ylab qurilish ishlari avj olgan. Shuningdek Jizzax shahrida ham. Ammo bu uylarning sifati talab doirasidami? Feysbukdagi «Jizzaxliklar hamjamiyati» guruhida e’lon qilingan suratda aynan shunga shubha bildiriladi.

«Jizzax shahar, 3/2 mitti tumanida qurilayotgan uylarga mana shunday sifatsiz beton plitalar ishlatilyapti. Ko‘rib turganingizdek, beton plitalar ichida talabga javob beradigan armaturalar umuman yo‘q.

Uning o‘rnida tros simlardan (bir qator, uch dona) foydalanishgan. Beton plitalar aslida qattiq zilzilaga bardosh berishi lozim, shu maqsadda armaturalardan foydalaniladi. Bu bino plitalari esa turgan joyida uvalanib ketyapti. Shiddat bilan qad rostlayotgan shahrimiz bu ketishda shiddat bilan qulab tushmasligiga kim kafolat beradi», — deya yoziladi postda.

Foto «Jizzaxliklar hamjamiyati» sahifasidan olindi

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring