Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST qizamiq borasida xavotirli ogohlantirish e’lon qildi

JSST qizamiq borasida xavotirli ogohlantirish e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, agar shoshilinch choralar ko‘rilmasa, 2024-yil oxiriga kelib, dunyo mamlakatlarining yarmidan ko‘pida qizamiq epidemiyasi tarqalish xavfi juda yuqori ekanligidan ogohlantirdi

Chunki ushbu kasallik hozirgacha Shimoliy va Janubiy Amerika qit’alaridan boshqa barcha mintaqalarda qayd etildi.

 Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, epidemiologik vaziyat yomonlashuvi koronavirus pandemiyasi davrida qizamiqqa qarshi emlash tadbirlari yetarli darajada tashkil etilmagani oqibatidir. 

Xususan, 2022-yili dunyo bo‘yicha emlash qamrovi 2021-yilga nisbatan biroz oshgan bo‘lsa-da, ammo shunda ham 33 million bola mazkur xastalikka qarshi vaksinalar dozalari bilan qamrab olinmadi. 22 million nafarga yaqin o‘g‘il-qiz ularning birinchi dozasini, 11 million nafari ikkinchi dozasini qabul qilishdan chetda qolgan.

“2024-yilgi emlash dasturlarida ham katta bo‘shliqlar bor, — deydi JSST vakili Natasha Kroukroft. — Agar holat shunday davom etsa, millionlab bolalarimiz bundan jabr ko‘rishi mumkin. 

Bugun sayyoramiz bo‘yicha qizamiqning o‘sish dinamikasi kuzatilyapti. Ayniqsa o‘rta daromadli mamlakatlarda ahvol qoniqarli emas. Biz 2019- yilgi holat takrorlanishidan xavotirdamiz". 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring