Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari yana beqaror ob-havo sharoiti kutilmoqda

Dam olish kunlari yana beqaror ob-havo sharoiti kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati yaqin dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. 

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘istonning shimolida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 24-29° atrofida bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari respublika hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Yakshanba kuni kunduzgi havo harorati 30-35° gacha ko‘tariladi. Faqat respublikaning shimoliy hududlari Kavkaz huddularidan kirib kelgan nam havo massasi ta’siri ostida bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

9-10-may kunlari nam havo massasi mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli momoqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi, 9-mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 10-mayda respublika hududining katta qismida kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi mumkin. 9-mayda kunduzgi havo harorati 30-35° atrofida saqlanib turadi, 10-mayda 23-28° gacha pasayadi.

8-mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 9-10 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, shimolda va cho‘l hududlarda 22-25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring