Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistning taklifi Allamjonovning ensasini qotirdi

Jurnalistning taklifi Allamjonovning ensasini qotirdi

Foto: «Kun.uz»

15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy sud bilan hamkorlikda «Sud organlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirish» mavzusida davra suhbati o‘tgani haqida xabar bergandik.

Tadbirda sud organlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirish yuzasidan o‘z taklif mulohazalarini bildirar ekan, bir huquqni muhofaza qilish idorasi gazetasi xodimi bo‘lgan jurnalist xatoga yo‘l qo‘ygan ommaviy axborot xodimlari nisbatan jazo choralarini kuchaytirishni taklif qildi.

Taklif yoqsa-yoqmasa, buyam bir fikr-da. Fikrga qarab uning egasi salohiyatini tasavvur qilaverasiz. Mayli, gap bunda emas. Gap unga qanday munosabat bildirilganida. Tadbir qatnashchilarining aksariyati taklifdan peshonasi tirishib turganda agentlik rahbari Komil Allamjonov bosiqlik bilan shunday dedi: «Jurnalistlarga uzoq vaqt davomida erkinlik berilmaganda edi, hozir jazo bersak bo‘lar edi. Hozir saytlarimiz, gazetalarimiz tanqid qilishgani, boshqacharoq aytganda «chaqib, chaqib olishlari» ortidan ijobiy ishlar ko‘zga tashlanyapti.

Biz endi matbuotga yo‘l ochyapmiz. Shu paytda ularni jazolash masalasiga kelsak, kechirasiz-u qonunda hammasi yozib qo‘yilgan...  Jurnalistlar erkin ishlashi kerak. Uning ijod erkinligi mavjud. Uni yoz, buni yoz deyishga hech kimning haqqi yo‘q. Buni o‘zining tahririyat siyosatiga qarab belgilayveradi. Yana bir bor aytaman: erkin so‘z, bemalol gapiring, tanqid qiling, qo‘rqmang, lekin har bir gapingizga mas’uliyatni his qiling. Butun jahonda shunday».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring