Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Kaptiva» bilan to‘qnashgan «Spark» haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etgan

«Kaptiva» bilan to‘qnashgan «Spark» haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etgan

Yodingizda bo‘lsa, «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalida Toshkent shahrida og‘ir yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lganini xabar qilgan edik.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan «UzNews» saytiga ma’lum qilinishicha, 2000-yilda tug‘ilgan, Jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseyning 3-kursida o‘qiydigan haydovchi haydovchilik guvohnomasi va boshqa zarur hujjatlar bo‘lmagan holda «Spark» avtomobilini boshqargan. U bilan birga avtomobilda 2000-yilda tug‘ilgan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litseyning 3-kurs o‘quvchisi, shuningdek, 1999-yilda tug‘ilgan, Jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseyning 2-kurs o‘quvchisi bo‘lgan. YTH natijasida «Spark» avtomobili haydovchisi va 2000 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan  Yana bir 18 yoshli boshqa yo‘lovchisi turli jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazilgan.

Guvohlarning aytishicha, «Spark» avtomashinasi «Uzbekneftegaz» avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchasi  yonidagi avtomobillarni yuvish shoxobchasidan chiqib kelayotgan «Kaptiva»ga kelib urilgan. Ayrim taxminlarga ko‘ra esa hodisa — «Spark» avtomashinasini Davlat yo‘l patrul xizmati xodimlari quvlagani oqibatida kelib chiqqan. Ammo bu xabarni tasdiqlashning imkoni bo‘lmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring