Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kattaqo‘rg‘onda noqonuniy aviakassa fosh etildi

Kattaqo‘rg‘onda noqonuniy aviakassa fosh etildi

Bosh prokuratura departamenti Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda mazkur idora axborot xizmati xabar berdi.

Tekshiruv davomida fuqaro G.A. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan noqonuniy aviakassa tashkil qilib, 8 nafar fuqaroga aviabilet olib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 16,8 mln. so‘m va 100 AQSh dollarini qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro G.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring